
Fudzita sog‘liqni saqlash universiteti va Tokio tibbiyot fanlari institutining olimlari miyaning tez qarishiga ishora qiluvchi, turli xavotir buzilishlari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan yangi biomarkerni aniqladi. Bu haqda “Neuropsychopharmacology” xabar berdi.

AQSHning Illinoys shtatidagi universitetlardan birida professor talabalarning topshiriqlarni mustaqil bajarmay, sun’iy intellekt yordamida ko‘chirayotganini aniqladi. Qizig‘i shundaki, talabalar professorga yozma tushuntirish xati yuborganida ham barchasi yana sun’iy intellektdan foydalangani aniqlandi.

O‘zbekistonda yirik korxonalar bilan bog‘liq xatarlarni boshqarish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi komissiya tuzildi. 2026-yildan e’tiboran, 50 mln dollardan ortiq krediti bor korxonalar yana qarz ko‘tarmoqchi bo‘lsa, ushbu komissiya ruxsatini olishi kerak bo‘ladi. MCHJ shaklidagi yirik qarzdorlar yangi qarz jalb qilish uchun AJga aylanishiga to‘g‘ri keladi.