
World Boxing xalqaro tashkiloti o‘zining yangilangan rasmiy reytingini e’lon qildi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi umumiy natijalar bo‘yicha birinchi o‘rinni egallagan, Qozog‘iston esa ikkinchi pog‘onadan joy oldi.

Avstraliyaning Kvinslend shtatidagi timsohlarning vatani hisoblangan Fitzroy daryosi 2032 yilda Brisben shahrida bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiada o‘yinlari doirasida kanoe va baydarkada eshkak eshish musobaqalariga mezbonlik qilish uchun tanlab olindi. Bu haqda “The Australian” nashri xabar berdi.