03-10-2025 11:00
Bu to‘p musobaqaning tarixiy ahamiyatini, innovatsion yondashuvini va uch mezbon mamlakatning birdamligini o‘zida mujassam etgan.
“Trionda” nomi ispan tilidan “uch to‘lqin” deb tarjima qilinadi. Bu nom ilk bor uch davlat — Kanada, Meksika va AQSH — birgalikda jahon chempionatiga mezbonlik qilayotganini ramziy tarzda ifoda etadi. To‘p dizaynida ham shu birdamlik va qo‘shma mezbonlik g‘oyasi yaqqol aks etgan.
FIFA prezidenti Janni Infantino rasmiy taqdimot marosimida quyidagicha izoh berdi:
«FIFA Jahon Chempionati-2026 uchun rasmiy to‘p – bu chinakam san’at asari! Men «Trionda« to‘pini taqdim etishdan xursandman va faxrlanaman. «Adidas» yana bir bor ramziy va texnologik jihatdan mukammal to‘pni yaratdi – bu dizayn uch mezbon mamlakat – Kanada, Meksika va AQSHning birdamligini, ishtiyoqini o‘zida ifoda etadi.
Bu go‘zal to‘pning darvozani to‘riga borib tushishini intiqlik bilan kutyapman. Futbol bayrami tobora yaqinlashmoqda – va to‘p endi harakatda!»
«Trionda» to‘pining o‘ziga xos xususiyatlari:
Ranglar uyg‘unligi — to‘p dizaynida Kanada (qizil), Meksika (yashil) va AQSH (ko‘k) ranglaridan ilhom olingan.
To‘lqinli geometrik shakl — yangi to‘rt panelli konstruksiya chuqur choklar orqali havoda barqaror parvozni ta’minlaydi.
Oltin bezaklar — FIFA Jahon chempionati kubogiga ishora sifatida ishlatilgan.
“Trionda” nafaqat ko‘rkam, balki texnologiya jihatdan ham ilg‘or to‘p hisoblanadi. Unda quyidagi yangiliklar joriy etilgan: