10-10-2025 10:19
Bu holat 2022-yil Qatarda o‘tgan Jahon chempionatiga o‘xshab, mintaqaning iqlim sharoiti, ayniqsa jazirama issiq tufayli yuzaga kelgan. O‘shanda musobaqa noyabr-dekabr oylariga ko‘chirilgan edi, bu esa futbolchilar uchun yanada qulay sharoit yaratgan.
2034-yilda Ramazon oyi noyabr va dekabr oylariga to‘g‘ri kelgani sababli, turnirning ushbu muqaddas oy bilan to‘qnashmasligi uchun FIFA tomonidan uni 2035-yil boshiga ko‘chirish taklifi ko‘rib chiqilmoqda.
FIFA prezidenti Janni Infantino futbol taqvimining qayta ko‘rib chiqilayotgani, Jahon chempionatlari faqat shimoliy yarimsharning yozida o‘tkazilishi kerak degan yondashuv endi eskirayotganini ta’kidladi. U milliy ligalar va klublar bilan kalendar masalasida faol muhokamalar olib borayotganini aytdi.
“Agar siz dunyoning barcha nuqtalarida bir vaqtning o‘zida o‘yinlar o‘tkazmoqchi bo‘lsangiz, mart yoki oktyabr eng maqbul variant bo‘lishi mumkin. Chunki dekabrda dunyoning bir qismida futbol o‘ynash qiyin, iyulda esa boshqa qismida bu deyarli imkonsiz”, dedi Infantino.
Eslatib o‘tamiz, navbatdagi Jahon chempionati 2026-yilda AQSH, Meksika va Kanada maydonlarida bo‘lib o‘tadi. Unda ilk bor 48 ta terma jamoa ishtirok etadi. Jumladan, O‘zbekiston terma jamoasi ham musobaqa final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan.