20-08-2025 05:41
Bu haqda Rossiya klubining kommunikatsiyalar bo‘yicha direktori Kirill Breydo ma’lum qildi.
“Istanbul Bashakshehir” jamoasi joriy yilning iyul oyida Fayzullayev bilan besh yillik shartnoma imzolagan edi. Turkiyalik jurnalist Usmon Altunterim bergan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchi transferi 7 million yevroga baholangan.
Avvalroq to‘lov jarayonida muammolar kuzatilgani haqida xabarlar tarqalgan. Klub vakillari mablag‘ yetishmovchiligi emas, balki texnik sabablarga ko‘ra kechikish bo‘layotganini bildirgandi. Endilikda SSKA tomonidan transfer summasining to‘liq qabul qilingani va bitim rasman kuchga kirgani ma’lum qilindi.