O‘zbekiston milliy terma jamoasi Kuvayt jamoasiga qarshi o‘ynaydi
02-10-2025 09:20
2026 yilgi jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston milliy jamoasi 9 oktyabr kuni Kuvayt milliy jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.
Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvga Toshkent shahridagi «Olimpiya» stadioni mezbonlik qiladi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da start oladi.