O‘zbekiston 2013-yil 25-oktyabrda Minsk shahrida imzolangan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlatlararo kengash tuzish to‘g‘risidagi bitimga rasman qo‘shildi. Bu haqda Prezidentning 2025-yil 30-iyuldagi PQ-240-sonli qarorida ma’lum qilindi.
O‘zbekiston hukumati va Sea Breeze Uzbekistan o‘rtasida tayyorlanayotgan investitsiya shartnomasiga ko‘ra, kompaniya ichimlik suvi manbalariga hech qanday kanalizatsiya va oqova suvlarni oqiza olmaydi. Bu qaror ekologiya xavflariga qarshi qattiq chora sifatida qabul qilinmoqda.
Telegram messenjeri navbatdagi katta yangilanishni taqdim etdi. Unda ommaviy postlarni qidirish, hikoyalar albomlari, hadyalar kolleksiyasi, profil reytingi va boshqa qator imkoniyatlar paydo bo‘ldi. Bu o‘zgarishlar platformadagi kontent topish, tuzish va boshqarish jarayonini ancha yengillashtirishi kutilmoqda.
Oltinsoy tumanida ichida 19 yoshdagi besh nafar yigit bo‘lgan Gentra beton to‘siqqa urildi. Oqibatda mashinadagi to‘rt yo‘lovchi vafot etdi. Tirik qolgan haydovchining hujjati bo‘lmagan, avtomobil egasi mashinani unga yuvib kelishi uchun bergan.