Bugun O‘zbekistonda futzal bo‘yicha JCH boshlanadi
14.09.2024 09:48
Bugun, 14-sentyabr kuni O‘zbekistonda futzal bo‘yicha Jahon chempionati start oladi. Kun dasturida 4 ta o‘yin bo‘lib o‘tadi.
Buxoro shahrida Xorvatiya-Tailand va Braziliya-Kuba o‘yinlari bo‘lib o‘tsa, Toshkent shahri Paragvay-Kosta-Rika hamda O‘zbekiston-Niderlandiya bahslariga mezbonlik qiladi.
O‘zbekiston-Niderlandiya o‘rtasidagi uchrashuvga poytaxtdagi “Humo arena” mezbonlik qiladi. O‘yin 20:00 da boshlanadi.
Qayd etish joiz, O‘zbekiston tarixda birinchi marta FIFA tasnifidagi turnirga mezbonlik qilmoqda. O‘zbekiston futzal terma jamoasi esa 2-marta Jahon chempionatida ishtirok etadi.
Ma’lumot uchun, Jahon chempionati 6 oktyabrga qadar davom etadi. Toshkent va Buxoro shahridan tashqari Andijon shahrida turnir o‘yinlari o‘tkaziladi.