Bu haqida Markaziy bank matbuot xizmati
xabar berdi. Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniya o‘tgan yilning avgust oyida litsenziya olganidan beri bir yil davomida faoliyat yuritmagan. Shuningdek, u to‘lov tashkilotlari reyestridan chiqarildi.
Shu bilan birga, kompaniya muhim faktlar va moliyaviy ko‘rsatkichlar bo‘yicha korporativ ma’lumotlarni e’lon qildi. Xususan, joriy yilning birinchi yarmi yakunlariga ko‘ra, kompaniyaning zararlari 2023 yilning shu davridagi 302,6 mln. so‘mga nisbatan 422,4 mln. so‘mni tashkil etgan. Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri ma’lumotlariga ko‘ra, United Payment Solution 2023 yil 11 martda ro‘yxatdan o‘tgan. Rahbar sifatida Rustam Gizatullin ko‘rsatilgan. 31 iyul kuni Markaziy bank Payment System Platform litsenziyasini qaytarib olgan.
Bunga qonun hujjatlarida taqiqlangan xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar aniqlangani sabab bo‘lgan. Payment System Platform 90 ta sotuvchini ulab, 20 ta hamkor bilan aloqalarni yo‘lga qo‘ygan. Operator orqali umumiy qiymati 100 mlrd. so‘mdan ortiq bo‘lgan 100 ga yaqin tranzaksiya amalga oshirildi. Kompaniyaning asosiy xizmatlari biznes xizmatlarini, jumladan, marketpleyslar va onlayn savdo uchun to‘lov yechimlarini o‘z ichiga oladi.
16 iyul kuni Markaziy bank o‘z to‘lov tizimini ishga tushirishni rejalashtirgan Qulay Pul (United Fintech) va Milliy Pochta Toʼlovlar – UzPostning «shu’ba korxonasi» litsenziyalarini qaytarib olgan. Oxirgi marta Markaziy bank to‘lov tashkilotiga 2023 yil 16 avgustda litsenziya bergan, u ham bo‘lsa, aynan United Payment Solution uchun. Shu vaqt ichida Markaziy bank 60 ta to‘lov tashkilotiga litsenziya bergan. Bugungi kunda O‘zbekistonda to‘lov litsenziyasiga ega 42 ta kompaniya qolgan.