01-08-2025 10:15
3 iyul kuni Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport oqibatida 4 nafar yigit halok bo‘lgan. Bu haqda Milliy telekanalida xabar berildi.
Ma’lum bo‘lishicha, 2006-yilda tug‘ilgan yigit haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmasdan 4 nafar sinfdoshi bilan Gentra avtomashinasini boshqargan.
Haydovchi rul boshqaruvini yo‘qotishi sababli yo‘l chetidagi beton to‘siqqa kelib urilgan. Hodisa oqibatida faqat haydovchi omon qolgan. Avtomobil uning o‘ziga tegishli bo‘lmagan – avtomobil egasi mashinani unga yuvib kelishi uchun bergan.
«Tezlik kerak emas ekan. Avtomobilning egasi menga yuvib kelgin, deb bergandi. Baloni yorilib ketdimi, bilmay qoldim, rul o‘ng tomonga tortib ketdi», – dedi haydovchi.