01-08-2025 09:53
Qarorga muvofiq, O‘zbekiston Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlatlararo kengash tuzish to‘g‘risidagi bitimga qo‘shildi.
Ushbu Bitim 2013-yil 25-oktyabr kuni Minsk shahrida imzolangan.
Tashqi ishlar vazirligi shartnomani amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan vaqolatli organ to‘g‘risida tegishli bildirishnomani depozitariyga yuboradi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin uning qoidalari bajarilishini ta’minlaydi.