2025-yilning bahorida Rim Kolizeyida 2000-yildan koʻproq vaqt oldin toʻxtatilgan gladiatorlar janglarini qayta tiklash rejalashtirilmoqda.
Abadiy shahar mehmonlari orasidan tanlangan 32 nafar jangchi Flavian amfiteatri arenasida epik jangda qatnashadi.
Oʻyinlarda ishtirok etish uchun maxsus bronlash xizmati orqali Italiyada uy-joy ijarasi va soʻrovni qoldirish kerak. Shundan soʻng, neo-gladiatorlar tasodifiy tanlanadi. Tomoshani tashkil qilish uchun servis Kolizey maʼmuriyati bilan shartnoma tuzdi va uning hisob raqamiga 1,5 million yevro oʻtkazdi.
Ishtirokchilar arenaga kirishdan oldin tayyorgarlikdan oʻtadi. Biroq loyiha siyosatchilar va jamoatchilik tomonidan keskin tanqidga uchradi. Faollarning aytishicha, oʻyinlar YUNESKOning tarixiy obidasini koʻngilochar bogʻga aylantiradi. Rim aholisi ushbu sirkni bekor qilishni talab qilib, petitsiya boshladi.