Qirg‘izistonda sotilgan har bir litr yoqilg‘i uchun to‘lov undiriladi. Jogorku Kenesh tegishli qonun loyihasini ikkinchi va uchinchi o‘qishda ma’qulladi.
Xususan, yoqilg‘i quyish shoxobchalarida neft mahsulotlarini hisobga olish va saqlashning avtomatlashtirilgan tizimidan foydalangan holda chakana savdoda yoqilg‘ining har bir litri uchun to‘lov undiriladi. Soliq tartibi Qirg‘iziston Vazirlar kabineti tomonidan belgilanadi.
Yoqilg‘i sotishdan tushgan mablag‘lar respublika budjetiga yuboriladi. Keyinchalik u Yo‘l jamg‘armasiga kiritiladi. 2023-yilda Qirg‘izistonda Yo‘l jamg‘armasi budjeti qariyb 4,5 milliard somni tashkil qilgan. Agar 2025-yilda yangi to‘lov joriy etilsa, u 5 milliard somga yetadi.