13.11.2024 17:28
Janubiy Koreya Milliy razvedka xizmati Shimoliy Koreya qo‘shinlari Kursk viloyatida Ukrainaga qarshi jangovar harakatlarda qatnasha boshlaganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters.
Bu haqda avvalroq Ukraina rahbarlari va AQSh Davlat departamenti bayonot bergan edi.
“Milliy razvedka xizmati Rossiyaga yuborilgan Shimoliy Koreya qo‘shinlari oxirgi ikki hafta ichida Kursk viloyatiga ko‘chib o‘tganini aytmoqda”, — deyiladi agentlik xabarida.
Ular jang maydoniga joylashish harakatlarini yakunladi va allaqachon jangovar harakatlarda qatnashmoqda, deya qo‘shimcha qildi Janubiy Koreya razvedkasi.
Moskva va Pxenyan Shimoliy Koreya qo‘shinlarining Ukrainadagi urushda ishtirok etishini to‘g‘ridan to‘g‘ri tasdiqlamadi, biroq ikki davlat o‘rtasidagi ratifikatsiya so‘nggi kunlarda yakunlangan strategik sheriklik kelishuviga ishora qilgan.