Kataloniya klubi va Amerika kompaniyasi yangi shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Tomonlar shartnomani yana 10 yilga uzaytiradi, deb xabar bermoqda Sports.
Shartnoma imzolash uchun 158 million yevro miqdoridagi bonusni o‘z ichiga oladi.
Ushbu miqdor kelishuv yillari bo‘yicha mutanosib ravishda taqsimlanishi kerak.
Shartnoma muddati 14 yil bo‘ladi: amaldagi shartnomaning 4 yili (2028 yilgacha) va yangi shartnomaning 10 yili (2028 yildan 2038 yilgacha). Shunday qilib, to‘lov yiliga taxminan 11,28 million yevroni tashkil etadi.
Umuman olganda, yangi kelishuv “Barselona”ga shartnoma amal qilish muddati davomida 1,7 milliard yevrodan ko‘proq daromad keltiradi va klub o‘rtacha hisobda mavsum uchun 127 million yevro oladi.