Abdusattorov nufuzli turnirda 2 ming dollar yutdi.
Avvalroq, o‘zbekistonlik grossmyster Nodirbek Abdusattorov Hindistonning Kalkutta shahri mezbonlik qilgan 6-“Tata Steel Chess India” turnirining oxirgi turida norvegiyalik Magnus Karlsenga qarshi dona surib, durangga imzo chekkani xabar qilingandi.
9 ta tur yakunlariga ko‘ra, 3 ta g‘alaba, 4 ta durang 2 ta mag‘lubiyat qayd etgan Abdusattorov jami 5 ochko bilan musobaqani 5-o‘rinda yakunladi va 2 ming AQSH dollar pul mukofoti sohibi bo‘ldi.
Abdusattorovdan 2,5 ochko ko‘proq jamg‘argan Karlsen esa 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, 10 ming AQSH dollar pul mukofotiga ega bo‘ldi.
Kuchli uchlikka hindistonlik Rameshbabu Pragnanandxa va amerikalik Uesley So kirishni uddaladi.