Bunda Muslima Odilova mazkur turnir boʻyicha Oʻzbekiston sport delegatsiyasi hisobiga ilk medalni taqdim qilgan boʻlsa, Ziyodaxon Isoqova ikkinchi medalni ham tez oʻtmay jamoa hisobiga qoʻshib qoʻydi.
Xususan, Muslima Odilova 100 metrga batterflyay usulida suzish dasturida marraga uchinchi boʻlib yetib kelgan va bronza medaliga sazovor boʻldi.
Shuningdek, Ziyodaxon Isoqova taekvondo boʻyicha (-47 kg vazn toifasida) kurash olib borib, yakunda kumush medalini qoʻlga kiritdi.
Bugun esa yana 19 nafar sportchi Oʻzbekiston sharafini himoya qiladi.
Bular:
Para akademik eshkak eshish
12:30. Muhayyo Abdusattorova.
Para yengil atletika
13:00. Natalya Semyonova, F55, disk uloqtirish;
13:00. Nurxon Qurbonova, F55, disk uloqtirish;
13:31. Asila Mirzayorova, T11, uzunlikka sakrash;
13:39. Kubaro Hakimova, F41, yadro uloqtirish;
13:39. Madina Muxtorova, F41, yadro uloqtirish;
14:22. Asila Mirzayorova, T11, 400 m. yugurish;
21:00. Mahliyo Akramova, F32, klab uloqtirish;
22:08. Urganchbek Egamnazarov, T11, uzunlikka sakrash;
23:52. Tolibboy Yoʻldoshev, para yengil atletika, F37, yadro uloqtirish;
23:52. Qudratullaxon Maʼrufxoʻjayev, F37, yadro uloqtirish.
Para oʻq otish
14:15. Server Ibragimov, P1, 10 m. toʻpponchadan otish.
Para velosport
14:30. Azimbek Abdullayev, C4, 1 000 m. trek;
14:30. Gʻolibbek Mirzayorov, C2, 3 000 m. trek.
Para taekvondo
13:45. Zuhriddin Tohirov, K44, -63 kg;
16:19. Javohir Aliqulov, K44, -70 kg.
Para suzish
14:02. Muzaffar Tursunxoʻjayev, S13, 100 m. chalqancha;
14:02. Kirill Pankov, S13, 100 m. chalqancha;
14:02. Islam Aslanov, S13, 100 m. chalqancha;
22:51. Shoxsanamxon Toshpoʻlatova, S13, 100 m. chalqancha.