Boks boʻyicha sobiq mutlaq jahon chempioni May Tayson va bloger Jeyk Pol oʻrtasida jang tashkil etiladi.
Ushbu jangdan avval 58 yoshli Tayson barcha tibbiy koʻriklardan oʻtgan va unga ringga chiqishga ruxsat berilgan.
“Temir Mayk” professional faoliyati davomida 50 ta jangda gʻalaba qozongan (44 nokaut) va 6-marta magʻlubiyat alamini tatib koʻrgan. Uning raqibi, 27 yoshli Jeyk Pol hisobida esa 9 gʻalaba (6 nokaut) va bir magʻlubiyat bor.
Bugun jangdan oldin tashkil etilgan “Face to face” marosimida Tayson raqibini shapaloq bilan “siyladi”.
Eslatib oʻtamiz, Tayson va Pol oʻrtasidagi jang 16-noyabr kuni, Toshkent vaqti bilan tonggi 8:00 da oʻtkaziladi. Ushbu jangdan Tayson 20 million dollar, uning bloger raqibi esa 40 million dollar ishlab oladi.