Qayd etilishicha, uy Farg‘ona shahridagi Ekoshahar – “Yangi O‘zbekiston” massividan berildi.
Viloyat hokimi chempionni yutuqlari bilan qutlab, ushbu sportchidan niyatlar katta ekanligi, sportning shu turi bo‘yicha olimpiada yo‘llanmalarini olib, mamlakat bayrog‘ini yuqoriga ko‘tarib, madhiyamizni baralla yangrashiga, yurtimizni dunyoga tanitishda o‘z hissasini qo‘shishga bundan keyingi faoliyatida ham katta omad va zafarlar tilab, katta g‘alabalarni kutib qolishga umid va ishonch bildirildi.
Ma’lumot o‘rnida, Alisher Gʻaniyev Buvayda tumanida tug‘ilgan. Hozirda Chirchiq davlat jismoniy tarbiya universiteti 1-bosqich talabasi. “Yunon-rum” kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, xalqaro toifadagi sport ustasi.
U 2024-yil oktyabr oyida Albaniya poytaxti Tirana shahrida bo‘lib o‘tgan sport kurashlari bo‘yicha U23 yosh toifasidagi jahon chempionatida -60 kg vazn toifasida ishtirok etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi va O‘zbekiston tarixida 23 yoshli o‘smirlar o‘rtasida “Yunon-rum” kurashi bo‘yicha 1-jahon chempioniga aylandi.