Eldor Shomurodov oyning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi
01.03.2025 07:45
O‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov Italiyaning "Roma" klubida fevral oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Jamoa rasmiy saytida o‘tkazilgan muxlislar ovoz berish jarayonida Shomurodov 40% ovoz to‘pladi va Paulo Dibala (29%) hamda Anjelino (27%) kabi yulduzlarni ortda qoldirdi.
Joriy mavsum boshida Eldor murabbiylar tomonidan e’tibordan chetda qoldi. Bir necha o‘yinlarda zaxiradan maydonga tushgan hujumchi, juda kam imkoniyatlarga ega bo‘ldi.
"Roma" murabbiylik kursisiga Klaudio Raneri kelgunga qadar hamyurtimiz barcha musobaqalarda 253 daqiqa o'yin o'tkazib 1 ta gol kiritishga muvaffaq bo'lgandi.
Raneri kelganidan keyin esa "Shoma" 4 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Umuman olganda, Shomurodovning to‘liq potensiali fevral oyida yaqqol namoyon bo‘ldi. Xususan, "Parma" va "Montsa" jamoalariga qarshi o‘yinlarda u jamoasi uchun hal qiluvchi rol o‘ynadi.
Jamoa muxlislari Eldorni jamoa uchun faqat bugun emas, balki klub kelajagi uchun ham muhim o‘yinchi sifatida ko‘rmoqda.