“Ronaldu haqiqatdan ham Islom dinini qabul qilishni xohlaydi. Men u bilan bu haqda suhbatlashdim, u dinimizga qiziqishini bildirdi. U allaqachon gol urganidan keyin maydonda sajda qilgan, shuningdek, doimo futbolchilarga namoz o‘qish va diniy amallarni bajarishni targ‘ib qiladi”, deydi darvozabon.
Darvozabonga ko‘ra, Ronaldu musulmon futbolchilarga yaqin bo‘lishni xohlaydi va hatto mashg‘ulotlar orasida jamoadoshlariga namoz o‘qishga vaqt ajratishlarini ta’minlashga harakat qiladi.
“Ronaldu mashg‘ulot paytida azon yangraganda, murabbiydan mashg‘ulotni to‘xtatishni so‘raydi va azon tugaguncha kutadi”, deydi Abdulla.
Ma’lum bo‘lishicha, Krishtianu Saudiya kelganidan Abdulladan mamlakat madaniyatiga oid turli xil narsalarni so‘rab, Islomga oid ko‘plab jihatlarga qiziqish bildirgan.
Sobiq darvozabonnga ko‘ra, Ronalduga “Real Madrid”dagi jamoadoshlari Mesut O‘zil va Karim Benzema o‘z vaqtida Islom dinini qabul qilish haqida o‘ylab ko‘rishni tavsiya qilgan.
Dastur davomida Abdulla Krishtianu va uning o‘gli haqida ham qator iliq so‘zlarni aytgan.