"Transfermarkt" portali bugun Italiya A Seriyasi futbolchilarining narxlarini yangiladi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi va "Roma" hujumchisi Eldor Shomurodovning narxi 4 million yevroni tashkil qilmoqda. Legionerimizning qiymati bir million yevroga pastladi.
Ma’lumot uchun, Shomurodov joriy mavsum A Seriyada 7 uchrashuvda ishtirok etib, bitta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.