Xitoyning Yansin shahrida tog‘ chang‘isi bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi.
Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi
Pekin-2022 qishki Olimpiya o‘yinlari o‘tkazilgan trassada kechgan bahslarda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari muvaffaqiyatli qatnashdi.
Unga ko‘ra, 11 mamlakatdan tashrif buyurgan sportchilar ishtirokidagi bahslarda hamyurtlarimiz 2 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza medallariga sazovor bo‘ldi.