Ispaniyaning Sevilya shahridagi Centro Deportivo San Pablo majmuasida professional boks oqshomi o‘tkazildi.
Turnir doirasida yarim yengil vazn toifasidagi o‘zbekistonlik charm-qo‘lqop ustasi Abdumalik Xalokov ham ringga ko‘tarildi.
O‘zbekistonlik bokschi Venesuela vakili Marlembron Akunyaga qarshi bahs olib bordi. 6 raund etib belgilangan jang uchinchi raunddayoq yakuniga yetdi. Abdumalik raqibini texnik nokaut orqali muddatidan oldin taslim etdi.
Bu 24 yoshli Abdumalik uchun professional boksdagi ikkinchi jangida qo‘lga kiritgan ikkinchi g‘alabasiga aylandi. Akunya hisobida esa endi 13 g‘alaba, 12 mag‘lubiyat va 1 ta durang mavjud.