Butunjahon koʻchmanchilar oʻyinlari Oʻzbekistonda o‘tkaziladi
07.09.2024 16:44
Oltinchi jahon koʻchmanchilar oʻyinlari 2026-yilda Oʻzbekistonda boʻlib oʻtadi.
Qirgʻiziston Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmatining xabar berishicha, joriy yilning 8-14-sentyabr kunlari Ostona shahrida boʻlib oʻtadigan V jahon koʻchmanchilar oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrishga bagʻishlangan yigʻilishda 2026-yilda Oʻzbekistonda boʻlib oʻtadigan VI jahon koʻchmanchilar oʻyinlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash masalalari ham muhokama qilingan.
Butunjahon koʻchmanchilar oʻyinlari bu – Yevrosiyo xalqlarining anʼanaviy koʻchmanchi sport turlari va madaniy merosini saqlash va targʻib qilishga qaratilgan noyob sport va madaniy tadbir hisoblanadi.
Oʻyinlar har ikki yilda bir marta oʻtkaziladi va Markaziy Osiyo mamlakatlaridan tashqarida ham ommalashishga erishdi.
Dastlabki uchta oʻyin Qirgʻizistonda, 2022-yilda Turkiyada tashkil etilgan, 2024-yilgi oʻyinlar esa Qozogʻistonda boʻlib oʻtadi.