O‘zbekiston havaskor boksni tartibga soluvchi xalqaro sport tashkiloti – World Boxing‘ga a’zo bo‘ldi.
Bu haqda Amerikaning Kolorado Springs shahrida bo‘lib o‘tgan Butunjahon boks xalqaro federatsiyasi kongressida ma’lum qilindi.
Tashkilotga O‘zbekistondan tashqari Qozog‘iston, Gvatemala va Laos ham qo‘shildi. Bugungi kunda 2023 yil aprel oyida tashkil etilgan yangi tashkilot 55 davlatni o‘z ichiga oladi.
Eslatib o‘tamiz, oktyabr oyida World Boxing prezidenti Boris van der Vorst O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasiga (MOQ) tashrif buyurgandi.
Agar World Boxing tashkiloti Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi tomonidan tan olinsa, tashkilotga a’zo boks federatsiyalari 2028 yilgi Olimpiadada qatnashishi mumkin.