Peruda 39 yoshli futbolchi oʻyin vaqtida chaqmoq urishidan halok boʻldi. Yana 7 kishi shifoxonaga yotqizilgan.
Peru terma jamoasi himoyachisi Xose Ugo de la Kruz Meza 39 yoshida futbol oʻyini chogʻida chaqmoq urishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda Cancha nashriga tayanib, “Ria Novosti” xabar berdi.
Voqea “Juventud Bellavista” va “Familia Ciocca” klublari oʻrtasidagi Xuankayoda (Peru) oʻtkazilgan uchrashuvda yuz bergan. Har ikki jamoa futbolchilari kuchli yomgʻir tufayli maydonni tark etayotganda chaqmoq chaqdi. Yana yetti nafar futbolchi ham chaqmoq urib yerga qulagan. Jabrlanganlar Xuankayodagi kasalxonaga yotqizilgan.
Nashrning qayd etishicha, bu mintaqada futbol maydoniga yashin urishi birinchi marta emas. 2014-yilda Fuerza Mineraga qarshi oʻyinda “Sport Aguila” futbolchisi Joau Kontrerasni chaqmoq urgan. Keyin futbolchi omon qolishga muvaffaq boʻlgan.