Braziliyaning Florianopolis shahrida 18 yoshgacha bo‘lgan shaxmatchilar ishtirokida o‘tayotgan jahon chempionati dastlabki tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
Jahon chempionatining 16 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasidagi 1-tur bahsida Afruza Hamdamova niderlandiyalik Anna Blauxut bilan kuch sinashdi. Oq donalarda bahsga kirishgan Afro‘za raqibini qiyinchiliksiz mag‘lubiyatga uchratdi.
14 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi musobaqada ishtirok etgan shaxmatchimiz Javohir Bozorov ilk turda Xitoy taypeyilik Chen Yuy Chenni dog‘da qoldirdi.
Ushbu yosh toifasi qizlar bahsida ishtirok etayotgan Nilufar Imomqo‘ziyeva qora donalarda braziliyalik Mariya Eduard bilan ro‘baro‘ kelib o‘yin shaxmatchi qizimiz g‘alabasi bilan yakunlandi.
Bugun 2-tur bahslarida Hamdamova qora donalarda Slovakiya terma jamoasi a’zosi Novomeska Karin bilan, Bozorov ham qora donalarda latviyalik Reynis Valdatis bilan, Imomqo‘ziyeva esa oq donalarda meksikalik Telles Fukusima bilan bahslashadi.