Bu haqda IDP test markazi ma’lum qildi. Unga ko‘ra, 10-iyul kuniga rejalashtirilgan qog‘oz (paper-based) imtihonlar rejadagidek o‘tkaziladi, biroq 11-iyuldan boshlab faqat kompyuterda (computer-based) imtihon topshirish mumkin bo‘ladi.
Qirg‘izistonda aholi jon boshiga daromadlar oxirgi 3-yilda 85 foizga oshib, 2 500 dollarga yetgan. Iqtisodchi Mirkomil Xolboyevga ko‘ra, bu o‘sish tendensiyasi saqlanib qoladigan bo‘lsa, qo‘shni respublika 2027-yilga borib jon boshiga daromadlar bo‘yicha O‘zbekistondan o‘tib ketadi. 2030-yilga borib, o‘rtacha qirg‘izistonlik o‘rtacha o‘zbekistonlikdan 1,5 baravarga boyroq bo‘lishi mumkin.
2025-yil 22-iyuldan boshlab YouTube platformasida jonli efir (strim) funksiyasidan foydalanish tartibiga yangi cheklovlar joriy etiladi. Yangi qoidalarga muvofiq, mustaqil ravishda jonli efir olib borish uchun minimal yosh chegarasi 16 yosh qilib belgilandi.