04-09-2025 10:43
Qonunga muvofiq, endilikda mahkumlar tuzalish yo‘liga o‘tgan taqdirda ularning jazoni o‘tash muddati qisqartiriladi.
Xususan, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatdagi kitoblarni o‘qib, bilimini imtihon orqali tasdiqlagan har bir mahkumning jazosi 3 kunga qisqartiriladi. Bu tartib bir yil davomida eng ko‘pi bilan 30 kungacha qo‘llanadi.
Mazkur norma jazodan muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilinishi mumkin bo‘lgan mahkumlarga (umrbod ozodlikdan mahrum etilganlardan tashqari) tatbiq etiladi.
Qonun amalda hozirda jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan 13,5 mingdan ortiq mahkumga tatbiq etiladi.
Bu bo‘yicha qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining fevraldagi majlisida muhokama qilingan edi. Unda Unda qonunchilikka ilg‘or xorijiy tajribani inobatga olgan holda mahkumlarning qonunga itoatkor xulq-atvorini, insonga, jamiyatga, mehnatga, jamiyat turmush qoidalari va an’analariga hurmat munosabatini rag‘batlantirishga qaratilgan normalarni kiritish zarurati mavjudligi ta’kidlangan