O'zbekiston

Sea Breeze Uzbekistan kompaniyasiga Chorvoq va Chirchiqqa oqova suvlarni tashlash taqiqlanadi
O‘zbekiston hukumati va Sea Breeze Uzbekistan o‘rtasida tayyorlanayotgan investitsiya shartnomasiga ko‘ra, kompaniya ichimlik suvi manbalariga hech qanday kanalizatsiya va oqova suvlarni oqiza olmaydi. Bu qaror ekologiya xavflariga qarshi qattiq chora sifatida qabul qilinmoqda.

Surxondaryoda YTH oqibatida to‘rt yigit halok bo‘ldi
Oltinsoy tumanida ichida 19 yoshdagi besh nafar yigit bo‘lgan Gentra beton to‘siqqa urildi. Oqibatda mashinadagi to‘rt yo‘lovchi vafot etdi. Tirik qolgan haydovchining hujjati bo‘lmagan, avtomobil egasi mashinani unga yuvib kelishi uchun bergan.

Toshkent—Samarqand va Toshkent—Andijon pulli yo‘llari qurilishi 2026 yilga qoldirildi
2025 yilda boshlanishi rejalashtirilgan Toshkent-Samarqand va Toshkent-Andijon pulli avtomobil yo‘llari qurilishi bir yilga kechiktirildi. Yangi reja bo‘yicha qurilish 2026 yilda boshlanadi va xalqaro moliya institutlari mablag‘lari jalb etiladi.






