01-08-2025 05:35
Qonun hujjatlariga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, sotuvchilarni oldi-sotdi shartnomasida ko‘rsatilgan majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarishga undaydigan normalar belgilandi.
Xususan, sotuvchi oldi-sotdi shartnomasida ko‘rsatilgan muddatda tovarni topshirish bo‘yicha majburiyatini bajarmaganda, kechiktirilgan har bir vaqt birligi uchun majburiyat bajarilmagan qismining 0,5 foizi miqdorida iste’molchiga penya to‘lashi ko‘zda tutildi.
Biroq bunda penyaning umumiy summasi topshirilmagan tovar bahosidan oshib ketmasligi kerak.
Shuningdek, qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga ichki ishlar organlari xodimi va Milliy gvardiya harbiy xizmatchisining qonuniy talablarini bajarmaslik bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun jazo choralari kuchaytirilishini nazarda tutuvchi qo‘shimcha
va o‘zgartirishlar kiritildi.
Bundan tashqari, qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, barcha oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda faqat yodlangan tuzdan foydalanilishi belgilandi.