11-07-2025 09:44
Qayd etilishicha, shu yilning 2025-yil 11-iyul soat 22:00 dan 14-iyul soat 06:00 gacha Yakkasaroy tumani Bratislava, Glinka va Shota Rustaveli ko‘chalari kesishmasidagi chorrahada qurilish-montaj ishlari olib borilishi sababli quyidagi cheklovlar amal qiladi.
— Bratislava yoki Glinka ko‘chalari yo‘nalishida harakatlangan transport vositalari uchun chorrahada to‘g‘riga va chapga o‘tish yopiladi, faqat o‘ngga burilish mumkin;
— Shota Rustaveli ko‘chasi yo‘nalishida chorraha orqali faqat to‘g‘riga va o‘ngga harakatlanish mumkin.
Shahar hokimligi vaqtinchalik noqulayliklar uchun harakat ishtirokchilaridan uzr so‘ragan.