13-10-2025 10:25
Hosilni o‘z vaqtida va sifatli yig‘ib olish uchun 1 ming 277 ta terim otryadi tashkil etildi. Terilgan xom ashyoni qabul shoxobchalariga yetkazib berish uchun 2 ming 10 ta traktor va 2 ming 965 ta tirkama jalb etildi.
Shu yildan vohada xorijiy tajriba asosida yuqori hosildor navlarni parvarishlash yo‘lga qo‘yilib, ayrim maydonlarda gektariga 80 sentnergacha hosil olindi. Xitoydan keltirilgan 60 ta zamonaviy paxta terish mashinalari hosilni qisqa vaqt ichida va sifatli yig‘ib olishda muhim rol o‘ynadi.
Viloyatning paxta rejasini bajarishda faol ishtirok etgan mexanizatorlar, suvchilar, terimchilar, mehnatkashlar va xo‘jalik rahbarlari munosib rag‘batlantiriladi. Hozirda vohada yig‘im-terim ishlari qizg‘in davom etmoqda.