13-10-2025 10:24
Aytilishicha, hozirda yo‘nalishda poyezdlar sinov tariqasida (yo‘lovchilarsiz) harakatlanmoqda.
«Texnopark – Qipchoq» bekatlari oralig‘ida joylashgan 14 ta bekatda xavfsizlikni ta’minlash va xizmat sifatini oshirish maqsadida keng ko‘lamli tekshiruv va ta’mirlash ishlari olib borildi.
"Profilaktika doirasida yo‘l holati to‘g‘rilandi, nosoz shpallar almashtirildi, drenaj tizimi tekshirildi, shag‘allar holati nazoratdan o‘tkazildi, deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, dastlab yo‘nalishning 18-oktyabr kuni qayta ishga tushishi ehtimol qilingan edi. Biroq sinov jarayonlarini takomillashtirish va kelgusida poyezdlar harakatini ikki barobar tezlashtirish, oraliq intervallarni qisqartirish maqsadida ochilish sanasi joriy yilning 1-noyabri atrofiga ko‘chirildi.
Sinov natijalari muvaffaqiyatli yakunlanib, barcha texnik talablar to‘liq tasdiqlangandan so‘ng, yo‘nalish yo‘lovchilar uchun rasman ochiladi.