01-08-2025 05:58
Davlat rahbarining tegishli farmon va farmoyishlari bilan, Prezident Administratsiyasida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi.
Kamoliddin Karamiddinovich Mardonov – Administratsiyaning Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Administratsiyaning agrar sohada ishlab chiqarish, daromadlarni ko‘paytirish hamda suvdan oqilona foydalanish bo‘yicha tashabbuslarni ishlab chiqish shu’basi mudiri lavozimidan ozod etildi.
Ulug‘bek Umaraliyevich Xanayev – Administratsiyaning Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti boshlig‘i o‘rinbosari – bosh yuriskonsult lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezidentning huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari – bosh yuriskonsult lavozimidan ozod etildi.
Eldor Otamurodovich Hamroyev – Administratsiyaning Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Administratsiyaning yer munosabatlari va xususiy mulkni himoya qilish sohasida muhim tashabbuslarni ishlab chiqish shu’basi mudiri lavozimidan ozod etildi.
Aziz Hasanovich Azimov – Administratsiyaning Jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi bo‘yicha departament boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Administratsiyaning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va jamoat loyihalari bo‘yicha shu’basi bosh konsultanti lavozimidan ozod etildi.
Sergey Nikolayevich Gordeyev – Administratsiyaning Jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi bo‘yicha departament boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Administratsiyaning ichki ishlar va bojxona organlari faoliyatini muvofiqlashtirish shu’basi mudiri lavozimidan ozod etildi.
Gulruxsor Qudratovna Xatamova – Administratsiyaning Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘i birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Administratsiyaning jamoat fikrini o‘rganish va tahlil qilish shu’basi mudiri lavozimidan ozod etildi.
Farrux Farxodjonovich Omonov – Administratsiyaning Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Administratsiyaning axborot ta’minoti va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar shu’basi mudiri lavozimidan ozod etildi.
Rustam Ravshanovich Mirzayev – Administratsiyaning Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati kompleks axborot-targ‘ibot va mafkuraviy tadbirlarni amalga oshirish shu’basi mudiri lavozimidan ozod etildi.
Fatxiddin Fazliddinovich Muhiddinov – Administratsiyaning Yig‘ilish va hududlarga tashriflar uchun tahliliy kontent tayyorlash departamenti boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Husniddin Kamoliddinovich Hoshimov – Administratsiyaning Yig‘ilish va hududlarga tashriflar uchun tahliliy kontent tayyorlash departamenti boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Administratsiyaning Rejalashtirish va axborot ta’minoti departamenti Administratsiya faoliyatining axborot ta’minoti shu’basi mudiri lavozimidan ozod etildi.
Ulug‘bek Rauf o‘g‘li Normatov – Administratsiyaning Tashqi aloqalar departamenti boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Administratsiyaning jamoat fikrini o‘rganish va tahlil qilish shu’basi yetakchi konsultanti lavozimidan ozod etildi.
Ulug‘bek Shuhratjonovich Husainov – Boshqaruv samaradorligi agentligi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi va shu munosabat bilan Administratsiyaning Hududlar bilan hamkorlik qilish va tahliliy materiallarni tayyorlash departamenti rahbari o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Oybek Ulug‘bekovich Umarov – Administratsiyaning ishlar boshqaruvchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Administratsiyaning Moliya-xo‘jalik departamenti xo‘jalik faoliyati shu’basi mudiri lavozimidan ozod etildi.
Shuningdek, Prezident Administratsiyasining farmoyishi bilan:
Elmurod Iqboljon o‘g‘li Najimov – Administratsiyaning Kreativ iqtisodiyot va turizm bo‘yicha departamenti boshlig‘i o‘rinbosari etib tayinlandi;
Hikmatilla Shuhratilla o‘g‘li Ubaydullayev – Administratsiyaning Moliyaviy texnologiyalar, raqamlashtirish va sun’iy intellekt bo‘yicha departamenti boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.