
Toshkent shahrining ayrim ko‘chalarida harakat tezligini 80 km/soatgacha ko‘tarish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Elmurod Alimov bugun, 12-avgust kuni xalq deputatlari shahar kengashi yig‘ilishida ma’lum qildi.