Endilikda, prokuror yerga oid huquqiy munosabatlar, davlat mulki, davlatga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash va davlat byudjetidan undiruvlar bilan bog‘liq ishlarning sudda ko‘rilishida ishtirok etish vakolatiga ega bo‘ldi. Fuqarolik protsessual kodeksiga 2024-yil 30-sentyabrdagi kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, fuqarolik sudlarida prokuror ishtirok etishi mumkin bo‘lgan ishlar toifasi yanada kengaytirildi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil iyul oyida O‘zbekiston avtomobil bozorida savdolar sezilarli darajada oshgan. Sotilgan avtotransport vositalari hajmi 116,8 ming dona bo‘lib, bu joriy yil iyun oyiga nisbatan 27 foizga ko‘p va 2024-yil yanvaridan beri (144,5 ming dona) eng yuqori ko‘rsatkichdir. Bunday dinamika mavsumiy pasayish davridan keyin bozor faolligining tiklanishini ko‘rsatadi.