18-08-2025 06:09
Shu yilning 18 avgust kuni «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida 2 000 nafar yosh muhandis bir vaqtda 2 000 ta robotni yig‘ib, ishga tushiradi. Talaba-yoshlarimiz bu ishi bilan Ginnes rekordlar kitobiga kirishi kutilmoqda.
Bu haqda Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari Hilola Umarova o‘zining telegram kanalida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, tadbirda poytaxtimizdagi va respublikaning turli hududlardan kelgan minglab yoshlar ishtirok etadi. Ular orasida Prezident maktablari o‘quvchilari, imkoniyati cheklangan yosh muhandislarimiz ham bor.
Ma’lumot uchun, 2023 yilda Hindistonda 1 459 nafar o‘quvchi bir vaqtda mini‑robot yasagan. Yoshlarimiz bu ko‘rsatkichdan yuqoriga chiqishni rejalashtiryapti.