13-08-2025 07:05
Qo‘mita texnik nosozlik tufayli solishtirma dalolatnoma bo‘yicha ayrim noto‘g‘ri ma’lumotlar — soliq qarzdorligi paydo bo‘lishi, mablag‘ yechib olinishi va boshqa holatlar aks etishi mumkinligidan ogohlantirdi.
«Vaziyat nazoratga olingan. Hozirda mutaxassislar mazkur muammoni bartaraf etish ustida ishlamoqda. Nosozliklar bartaraf etilgach, barcha ma’lumotlar tiklanadi, noto‘g‘ri yechilgan mablag‘lar qaytariladi. Tushunganingiz uchun rahmat!» — deyiladi qo‘mita rasmiy munosabatida.
Qo‘shimcha qilinishicha, pulni qaytarish uchun yozma murojaat taqdim etish talab etilmaydi — mablag‘lar avtomatik tarzda qaytariladi.