O'zbekiston

Prokuror protestiga asosan 827 mln so‘mlik asossiz da’vo bekor qilindi
Endilikda, prokuror yerga oid huquqiy munosabatlar, davlat mulki, davlatga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash va davlat byudjetidan undiruvlar bilan bog‘liq ishlarning sudda ko‘rilishida ishtirok etish vakolatiga ega bo‘ldi. Fuqarolik protsessual kodeksiga 2024-yil 30-sentyabrdagi kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, fuqarolik sudlarida prokuror ishtirok etishi mumkin bo‘lgan ishlar toifasi yanada kengaytirildi.

O‘zbekistonda avtomobil bozori rekord darajada o‘smoqda
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil iyul oyida O‘zbekiston avtomobil bozorida savdolar sezilarli darajada oshgan. Sotilgan avtotransport vositalari hajmi 116,8 ming dona bo‘lib, bu joriy yil iyun oyiga nisbatan 27 foizga ko‘p va 2024-yil yanvaridan beri (144,5 ming dona) eng yuqori ko‘rsatkichdir. Bunday dinamika mavsumiy pasayish davridan keyin bozor faolligining tiklanishini ko‘rsatadi.