
Tuman va shahar hokimliklari faoliyati yangi boshqaruv tizimi asosida tashkil etiladi
Prezidentning “Hududlarni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun tuman (shahar) hokimliklari faoliyatini tubdan takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni (PF-186-son, 21.10.2025 y.) qabul qilindi.

Luvrdan o‘g‘irlangan buyumlarning qiymati ma’lum qilindi
Luvr muzeyi o‘g‘irlangan zargarlik buyumlarining qiymatini 88 million yevroga baholadi. Parij prokurori olmos bilan bezatilgan asarlar maydalab yoki eritib yuborilsa, bozordagi narxi tushishini aytdi. «Ehtimol, o‘g‘rilar buni o‘ylab ko‘rishar va zargarlik asarlarini vayron qilishmas», - dedi prokuror Lor Bekko.

O‘zbekiston mobil operatorlari telefon firibgarligidan himoya joriy qildi
O‘zbekistondagi mobil operatorlar Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda soxta raqamlardan qo‘ng‘iroqlarni bloklaydigan, telefon firibgarligi va shaxsiy ma’lumotlarning sizib chiqishidan himoya qiladigan anti-spoofing texnologiyasi joriy etilganini ma’lum qildi.

«Mening maktabim» doirasida loyiha kiritish bosqichi boshlandi
«Mening maktabim» loyihasida 5-sinfdan 11-sinfgacha bo‘lgan har bir o‘quvchi o‘zi ta’lim olayotgan umumta’lim maktabiga doir loyihalarni ilgari surishadi hamda ushbu loyihalarga ovoz berishadi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lum qildi.

Toshkentda voyaga yetmagan qiz va uning qarindoshiga shilqimlik qilgan "mulla" 5 sutkaga qamaldi
Sudlanuvchi qizlarni o‘qib qo‘yish maqsadida ularning uyiga borgan va avval voyaga yetmagan qizning sonidan ushlab, shilqimlik qilganidan keyin ikkinchi qizning oyoq va qo‘llaridan ushlab, o‘pmoqchi bo‘lgan.

Timsohlar bilan to‘la daryo Olimpiada musobaqalariga mezbonlik qiladi
Avstraliyaning Kvinslend shtatidagi timsohlarning vatani hisoblangan Fitzroy daryosi 2032 yilda Brisben shahrida bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiada o‘yinlari doirasida kanoe va baydarkada eshkak eshish musobaqalariga mezbonlik qilish uchun tanlab olindi. Bu haqda “The Australian” nashri xabar berdi.



