24-iyul kuni Toshkentda start olgan voleybol boʻyicha yigitlar oʻrtasidagi U19 jahon chempionatining birinchi tur uchrashuvlari oʻtkazilmoqda. Ahamiyatlisi, Turkiyaga qarshi bahs olib borgan yoshlarimiz uch setda ishonchli gʻalabaga erishdi.
Fransiya Tashqi ishlar vazirligi G‘azo sektoridagi to‘yib ovqatlanmaslik va “ochlik xavfi” Isroil tomonidan o‘rnatilgan qamalning bevosita oqibati ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda mintaqadagi insonparvarlik vaziyati yomonlashganiga izoh bergan vazirlik rasmiy vakili xabar berdi.
24 iyul kuni Toshkent shahridagi Chilonzor, Yakkasaroy, Mirobod va Yashnobod tumanlarida elektr ta’minotida majburiy cheklovlar joriy etildi. Bu chora «HET» kompaniyasi tomonidan ortiqcha yuklanishni oldini olish maqsadida amalga oshirildi.
O‘zbekistonlik professional bokschi Bahodir Jalolov (15-0, 14 KO) va italiyalik raqibi Janmarko Kardilo (12-1-2, 2 KO) o‘rtasidagi jang bekor qilindi. Bu haqda Top Rank promouterlik kompaniyasi o‘zining X (sobiq Twitter) sahifasida xabar berdi
O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 25-iyul kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 23-25 daraja iliq, kunduzi 38-40 daraja issiq bo‘ladi.