17-09-2025 09:10

Din-Din telefon ekranini ko‘rishi bilan darhol oynaga yugurib keladi va “davom etishlarini” talab qiladi. Uning bu odati tufayli qafasiga “Telefonlarda video ko‘rsatish taqiqlanadi!” shaklida maxsus ogohlantiruvchi yozuv qo‘yildi.
Bog‘ xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, shimpanze vaqtining ko‘p qismini boshqa hayvonlar bilan o‘ynash o‘rniga, panjara oldida turib, yangi “raqamli seans”ni kutib o‘tkazmoqda. Veterinarlar buni haqiqiy qaramlik alomatlari sifatida baholamoqda.
Mutaxassislarning ogohlantirishicha, yaqin masofadan yorqin videolarni uzoq vaqt tomosha qilish diqqatni jamlash qobiliyatini susaytiradi. Din-Dinda esa allaqachon ko‘rish muammolari va asabiylik holatlari kuchaygan. Shu sababli park ma’muriyati shimpanze uchun maxsus reabilitatsiya dasturini ishlab chiqmoqda.
Tashrif buyuruvchilardan qoidalarga qat’iy rioya qilish so‘ralmoqda. Agar davom etsa, kelajakda jarimalar ham joriy qilinishi mumkinligi aytilmoqda.
Mazkur voqea Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida keng muhokamaga sabab bo‘ldi. Ba’zi foydalanuvchilar hazil qilib: “Endi maymunlarga ham raqamli detoks kerak”, deya yozgan bo‘lsa, boshqalar jiddiy xavotir bildirdi: “Biz hayvonlarni ham raqamli narkomanga aylantiryapmiz”.
