Dushanba kuni Gretsiyaning Samos oroli qirg‘oqlarida muhojirlar bo‘lgan qayiq cho‘kib ketdi, natijada 6 ta bola va 2 ta ayol halok bo‘ldi, deya xabar beradi Xinhua axborot agentligi.
Departament ma’lumotlariga ko‘ra, 39 kishi qutqarib olingan. Biroq bortdagi odamlarning aniq soni va millati noma’lum.
Gretsiyaning dengiz ishlari va orollar siyosati vaziri Xristos Stilindis voqeani "odam kontrabandasi tarmoqlarining jinoiy faoliyati haqida qayg‘uli eslatish" deb atadi.
Uning aytishicha, Gretsiya va Turkiyaning dengiz chegaralarida tizimli va birgalikda hamkorlik qilish zarur. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu allaqachon haqiqiy natijalarni bermoqda.
2015 yildan beri Gretsiya Yevropa Ittifoqiga noqonuniy muhojirlar va qochqinlar uchun asosiy kirish nuqtasi bo‘lib kelgan. Shu kungacha bir millionga yaqin migrant ro‘yxatga olingan. Biroq, Gretsiya hududiga yetib olishga harakat qilgan yuzlab odamlar dengizda halok bo‘ldi.