Sudya Tanya Chutkan nomiga bergan bayonotida Smit AQSH Konstitutsiyasi sudlanuvchining inauguratsiyasidan oldin ishni tugatishni talab qilishini tushuntirdi. O‘sha kuniyoq Chutkan ishni rasman to‘xtatdi.
Saylov kampaniyasi vaqtida Donald Tramp Jek Smitni Oq uyga qaytishi bilanoq ishdan bo‘shatishini aytgan edi.
Umuman olganda, Donald Tramp AQSHda to‘rtta jinoiy ish bo‘yicha ayblangan. 25-noyabr kuni ikkita federal ish yopildi: ular siyosatchining 2020-yilgi AQSH prezidentlik saylovlariga aralashishga urinishi va maxfiy hujjatlarni noto‘g‘ri saqlash bilan bog‘liq.
Donald Trampga qarshi yana ikkita ish shtat darajasida qo‘zg‘atildi: Nyu-York va Jorjiya. Birinchisida, sobiq prezident biznes hujjatlarini qalbakilashtirishda ayblanmoqda. Hakamlar hay’ati uni aybdor deb topdi, shundan so‘ng u qaror ustidan shikoyat qildi va sudya ishni to‘xtatdi.
Ikkinchi holatda Tramp 2020-yilda amaldagi prezident Jo Baydenga mag‘lub bo‘lgan Jorjiyadagi prezidentlik saylovlari natijalariga ta’sir o‘tkazishga uringanlikda ayblanmoqda.
Bundan tashqari, Donald Trampga nisbatan ikkita fuqarolik ishi qo‘zg‘atilgan. Ular 1990-yillar oxirida sobiq jurnalist Jan Kerrollning jinsiy zo‘ravonligi va keyinchalik uning tuhmati bilan bog‘liq.