Kelgusi yilning 20 yanvarida o‘z lavozimini tark etayotgan AQSH prezidenti Jo Bayden AQSH qirg‘oq qo‘riqlash bazasida Shukrona kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda hazil tariqasida armiya bufetidan gavayi bulochkasini o‘g‘irladi. Bu haqda The New York Post (NYP) xabar berdi.
“Ishdan ketayotgan prezident Bayden dushanba kuni Staten-Aylenddagi qirg‘oq qo‘riqlash muassasasida Sindi Lauperning “Girl Just Want to Have Fun” xiti qo‘shig‘i ijro etilayotganda, harbiy bufetdan hazil tarzida Gavayi "bulochka"sini tortib oldi”, — deyiladi xabarda.
Material mualliflari, shuningdek, tadbir davomida ko‘p marta hazillashgan Amerika rahbarining ijobiy munosabatiga, jumladan, uning "ishdan bo‘shatilishi"ga e’tibor qaratishadi.
Avvalroq, Braziliyadagi Amazon o‘rmonida nutq so‘zlayotganda Bayden keskin burilib, o‘rmonga yurgan edi. Taxminlarga ko‘ra, u nutqdan so‘ng ataylab orqasiga o‘girilib, iqlim o‘zgarishi tufayli o‘rmonlarning buzilishiga e’tibor qaratadigan fotosessiya qilish uchun o‘rmonga yurgan.