Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat idoralarining Yangi Toshkentga ko‘chirilishi tirbandlikni kamaytirishga yordam berishini aytdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev barcha davlat organlari, jumladan vazirlik va idoralarni Yangi Toshkentga ko‘chirish rejasini e’lon qildi. Ushbu qaror poytaxtdagi transport yukini kamaytirish va shahar aholisi uchun sharoitlarni yaxshilashga qaratilgan.
“Tasavvur qiling, katta mashinalar yurmaydi, tirbandlik bo‘lmaydi, odamlar bundan faqat foyda ko‘radi”, — deydi prezident.
Poytaxt chekkasida barpo etilayotgan yangi Toshkent nafaqat ma’muriy markaz, balki qulay shahar muhitini yaratish maydonchasiga ham aylanadi. Ushbu yangilik bugungi kunda tirbandliklar muntazam qayd etilayotgan Toshkent shahrida, ayniqsa, shaharning markaziy qismida yo‘l harakati holatini sezilarli darajada yaxshilashi kutilmoqda.
2023-yilning mart oyida davlat muassasalari Yangi Toshkentga ko‘chishi ma’lum qilingan edi.