Aytilishicha, holat boshqarma mas’ullari tomonidan to‘liq o‘rganilgan.
Sirdaryo shahrining “Adolat” mahallasida istiqomat qilayotgan D.M.ning beshinchi homilasi “uchinchi tug‘uruq 11-noyabr kuni muddatidan oldin 34-haftasida RDS, tug‘ma zotiljam, og‘ir kechishi, o‘tkir nafas yetishmovchiligi” tashxisi bilan tug‘ilgan. Shuning uchun ham chaqaloqqa 17-noyabrga qadar shifokorlar nazorati ostida reanimatsiya bo‘limida yordam ko‘rsatilgan. Chaqaloqning ahvoli biroz yaxshilangach, 18-noyabr kuni onasiga berilib, reanimatsiya bo‘limidan palataga o‘tkazilgan. 19-noyabr kuni esa bola to‘satdan ko‘karib ketgach, chaqaloqning onasi hamshirani chaqirgan. Unga shifokorlar tomonidan shoshilinch reanimatsiya yordam ko‘rsatilishi lozim bo‘lganda chaqaloq o‘lgan bo‘lgan, deyiladi boshqarma e’lon qilgan ma’lumotda.
Ta’kidlanishicha, mazkur masala yuzasidan huquq-tartibot idoralariga, tegishli soha xodimlariga o‘sha vaqtning o‘zida shifokorlar tomonidan xabar berilib, chaqaloq ekspertizadan o‘tkazilgan.
Maxsus sud tibbiy ekspertizasi tomonidan chaqaloq o‘limiga ukol emas, aspiratsion sindrom sabab bo‘lgani to‘g‘risida xulosa berilgan. Ayni kunda ushbu masala yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deydi mas’ullar.