Shuhrat G‘ayratjonovich Xolmuhammedov Mudofaa vaziri etib tayinlandi. Bu haqda "Qalampir" nashri o‘z manbasiga tayanib xabar berdi.
Ma’lumot uchun, 2021-yil 23-martda Prezident farmoni bilan Shuhrat Xolmuhammedovga general-mayor harbiy unvoni berilgandi. U Mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari – Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i lavozimida ham ishlagan.
Xolmuhammedov Mudofaa vazirining o‘rinbosari, O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining o‘rinbosari, Favqulodda vaziyatlar vazirining o‘rinbosari kabi lavozimlarida ham faoliyat yuritgan. 2016 yilda “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangan.